Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB Masdar O‘zbekistonda uchta fotoelektr stansiyasini qurishi uchun 205 mln dollar ajratadi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Abu Dabining Masdar kompaniyasiga O‘zbekistonda 900 MVt bo‘lgan uchta yangi quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 205 million dollar miqdoridagi kredit paketi ajratdi. Bu haqda Gazeta.uz YeTTBga tayangan holda xabar qildi.
Loyihalar Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiya banki va Yevropa investitsiya banki kabi moliyaviy institutlar bilan birga moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Masdar Jizzax viloyatida nominal quvvati 220 MVt bo‘lgan Nur Jizzakh, Samarqand viloyatida nominal quvvati 220 MVt bo‘lgan Nur Samarkand va Surxondaryo viloyatida nominal quvvati 457 MVt bo‘lgan Nur Sherabad fotoelektr quyosh elektr stansiyalarini qurish va foydalanishga topshirishda yordam beradi.
Elektr stansiyalari ishga tushirilgandan so‘ng, uchta loyiha birgalikda 2200 GVt/soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Bu O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Mavzuga oid
20:19 / 17.01.2025
2024 yilda YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritdi
18:57 / 06.01.2025
Tarmoqlarda yangi firibgarlar: faollashayotgan tredingchilar, 2 kunga “prava” va Masdar niqobidagi moliyaviy piramida
09:33 / 26.12.2024
YeTTB Xorazmda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
21:39 / 27.11.2024