Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Qozog‘istonda «KamAZ» va Toyota Ipsum avtomobili ishtirokidagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana ikki yo‘lovchi shifoxonaga yetkazildi.

Foto: Telegram / POLICE_of_KZ
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi.
20 may kuni Do‘ssor-Ko‘lsari-Beyneu avtomobil yo‘lining 133-kilometrida Toyota Ipsum va «KamAZ» avtomobillari to‘qnashib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa oqibatida Toyota avtomobili yonib ketgan, haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Ikki yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
«Jabrlanganlarning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozircha ular O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum. Yil boshidan buyon Toyota rusumli avtomashina haydovchisiga nisbatan 10 ta bayonnoma tuzilgan. Ular tezlikni oshirganlik uchun 8 ta, xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun ikkita bayonnoma belgilangan», — dedi Atirau viloyati Politsiya departamenti qoshidagi patrul politsiyasi rotasi komandiri Adilbek Shaxmetov.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
Mavzuga oid

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

17:54 / 05.04.2025
Yana Namangan: mashinani ijaraga olgan o‘quvchilar ayanchli YTHga uchradi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

13:36 / 04.04.2025