Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston ittifoq davlati tuzish yoki unga qo‘shilish niyatida emas - Oq o‘rda
YeOII doirasidagi integratsiya faqat iqtisodiy yo‘l orqali davom etishi mumkinligi ta’kidlandi.
Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay Moskvada bo‘lib o‘tgan II Yevrosiyo iqtisodiy forumida prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning bayonotlariga izoh berdi.
Uning ta’kidlashicha, davlat rahbari so‘zlarida asosiy urg‘u YeOII doirasidagi integratsiya faqat iqtisodiy yo‘l orqali davom etishi mumkin va kerakligiga berilgan. Uning doirasidan tashqariga chiqish tashkilot nizomi, maqsadlari, tamoyillari va vazifalarini buzadi.
«Prezident [To‘qayev] ta’kidlaganidek, iqtisodiy integratsiya quruq maqsad emas, balki iqtisodiyotni rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirish vositalaridan biridir. Ya’ni, assotsiatsiya doirasida qabul qilingan har qanday qarorlar har bir alohida ishtirokchi va birinchi navbatda, YeOII barcha davlatlari fuqarolari uchun samara berishi kerak», deb tushuntirdi Jyeldibay ijtimoiy tarmoqda.
Bundan tashqari, ko‘p bosqichli integratsiya deb ataladigan masala ham ko‘tarildi.
«Haqiqatan ham, bugungi kunda YeOII ikki a’zosi – Rossiya va Belarus integratsiyaning yuqori va yaqinroq darajasini namoyish etmoqda. Bu o‘ziga xos pretsedent. Davlat rahbari ta’kidlaganidek, aslida gap bir xalq va bir davlat haqida ketmoqda. Shu nuqtai nazardan, butunlay boshqa maqsadlarga ega bo‘lgan ikkita integratsiya loyihasi doirasida tashabbuslarni ajratish juda muhimdir. Mamlakatimizga kelsak, Qozog‘iston hech qanday ittifoqchi davlat tuzish yoki unga qo‘shilish niyatida emas va rejalashtirmaydi», deb xulosa qildi To‘qayev matbuot kotibi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025