Xorazm viloyati soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Shuhrat Saidov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan Xorazm viloyati hokimligida tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev hamda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etdi. Shundan so‘ng Mubin Mirzayev viloyat soliq boshqarmasida yangi boshqarma boshlig‘ini hududiy soliq xizmati organlari shaxsiy tarkibiga tanishtirdi.
Sh.Saidov 2003 yilda Urganch davlat universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Urganch tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida 2018 yil dekabridan buyon Hurmat Abdukarimov ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
20:29
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024