Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining asosiy qismi 3 soha hissasiga to‘g‘ri kelyapti
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2017-2022 yillarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi holatini tahlil qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanmoqda. Natijada iqtisodiyotdagi jami xizmatlar hajmi 2022 yilda 357 trln so‘mni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 2 baravarga o‘sgan.
O‘tgan 6 yilda xizmat ko‘rsatish sohasiga jalb qilingan investitsiya mablag‘lari hajmi 4,2 baravarga oshib, 2022 yilda 114,5 trln so‘mni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatiladigan bozor xizmatlarining asosiy qismi savdo, transport va moliya xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, 2022 yilda savdo xizmatlari ulushi 24,8 foizni, transport xizmatlari 22,7 foizni va moliya xizmatlari 22,5 foizni tashkil etdi.
Bildirilishicha, so‘nggi yillarda transport xizmatlari O‘zbekistonning umumiy iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynagan. Yaxshilangan infratuzilma va aloqa tufayli 2017-2022 yillarda transport xizmatlari hajmi 1,5 baravarga oshib, 81 trln so‘mni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
08:00 / 07.10.2024
Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosi sotuvga qo‘yildi
13:46 / 10.09.2024
Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha xizmatga saralash tartibi o‘zgardi
17:25 / 24.08.2024