Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro migratsiya tashkiloti O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari XMT mintaqaviy direktori bilan mehnat muhojirlari huquqlarini ta’minlash va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Janubi-Sharqiy, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Manfred Profazini qabul qildi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Mehnat migrantlari huquqlarini ta’minlash, odam savdosiga qarshi kurashish va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
XMTning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025