Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio tashabbusi bilan «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti o‘tkazilishi mumkin
Tadbir 2024 yilga rejalashtirilgan va Qozog‘iston raisligida o‘tishi kutilmoqda.
Yaponiya 2024 yilda «Markaziy Osiyo - Yaponiya» formatida sammit o‘tkazish tashabbusi bilan chiqmoqda. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi departament boshlig‘i Yoko Kamikava va Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuning BMT Bosh assambleyasi doirasidagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.
«Tomonlar kelgusi yilning qulay vaqtida «Markaziy Osiyo - Yaponiya» formatida muloqot o‘tkazish mantiqiy ekaniga kelishib oldilar va ushbu muloqotning amaldagi raisi Qozog‘iston va Yaponiya boshqa davlatlar bilan muvofiqlashtirish uchun hamkorlik qilishini tasdiqladilar», deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Yoko Kamikava «mintaqaviy aloqalar va energiya almashinuvi»ni rivojlantirishda hamkorlik qilish niyatini bildirdi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:27 / 23.05.2025