Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunon-rum kurashi. Aram Vardanyan Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Belgradda o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik yana bir kurashchi Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi.
Yunon-rum kurashchimiz Aram Vardanyan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi. Sportchimiz ushbu natijaga Serbiyada o‘tayotgan jahon chempionatida kuchli beshlikdan o‘rin olish orqali erishdi.
-77 kg vazn toifasida ishtirok etgan Vardanyan bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Nao Kusakaga imkoniyatni boy berdi. So‘ng Olimpiada yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Demeu Jadirayevga qarshi gilamga chiqdi. Ushbu bahs yurtdoshimizning g‘alabasi bilan yakunlandi va Aram 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Vardanyan O‘zbekiston hisobiga 3-yo‘llanmani taqdim etdi. Bungacha gimnastikachi Taxmina Ikromova hamda erkin kurashchi Jabroil Shapiyev Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani naqd qilgandi.
Mavzuga oid
18:40 / 08.08.2024
Olimpiadada asr voqeasi: Kubalik gigant hech kim qilolmagan ishni uddaladi
09:30 / 06.08.2024
40 yoshli Assakalov, ilk ayol kurashchi, Abdurahmonov o‘rniga dog‘istonlik - O‘zbekiston kurash jamoasining Parijdagi tarkibi va raqiblar haqida
23:04 / 23.09.2023
Yunon-rum kurashi. Islomjon Bahromov Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmaga ega bo‘ldi
10:56 / 23.09.2023