Sport | 10:56 / 23.09.2023
15066
1 daqiqa o‘qiladi

Yunon-rum kurashi. Jasurbek Ortiqboyev ikki karra jahon chempionati sovrindori

Foto: uww.org

Serbiyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk medalini qo‘lga kiritdi.

Yunon-rum kurashchimiz Jasurbek Ortiqboyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. -55 kg vazn toifasida kurashgan o‘zbekistonlik polvon 3-o‘rin uchun kechgan bahsda moldovalik Artyom Delenauni 6:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, Ortiqboyev ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligida bronza medaliga ega chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha erkin kurashchilarimiz o‘z ishtiroklarini medalsiz yakunlagandi. Faqatgina Jabrail Shapiyev 5-o‘rinni egallab, Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid