Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon va Qozog‘iston Kaspiy dengizida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
2 oktyabr kuni Qozog‘iston harbiy-dengiz flotining harbiy kemalari va shaxsiy tarkibi qo‘shma taktik mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Bokuga yetib keldi.
Bokuda Ozarboyjon va Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlari kemalari va harbiy xizmatchilari ishtirokida «Xazri-2023» qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Ozarboyjon Mudofaa vazirligi xabarida aytiladi.
Mashqlar ikki davlat Mudofaa vazirligi tomonidan imzolangan qo‘shma harakatlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
2 oktyabr kuni Qozog‘iston harbiy-dengiz flotining harbiy kemalari va shaxsiy tarkibi qo‘shma taktik mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Bokuga yetib keldi.
Ozarboyjon Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni, vitse-admiral Subxon Bakirov Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Saken Bekjanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Bakirov Kaspiy dengizining Ozarboyjon sektorida qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ularning kasbiy mahorati va tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.
8 oktyabrga qadar davom etadigan Ozarboyjon-Qozog‘iston qo‘shma taktik mashg‘ulotlarida turli epizodlar bo‘yicha harakatlar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025