Jahon | 18:33 / 14.02.2024
6719
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi

Ikki nafar vatandosh jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani ta’kidlanmoqda. 

Qozog‘istonning Aqtau shahridagi shina ta’mirlash ustaxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda odamlar kuyib qoldi. Bu haqda Kazinform xabar berdi. 

Mang‘istau viloyati shifoxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ular O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, ahvoli og‘ir. Jabrlanganlarning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan. 

«Yong‘in paytida jarohatlangan ikki kishining ahvoli og‘ir. Ular reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. To‘liq ahvoli tegishli choralar ko‘rilganidan keyin ma’lum bo‘ladi», deyiladi viloyat shifoxonasi matbuot xizmati xabarida. 

13 fevral kuni Aqtau shahrining 28a mavzesida joylashgan avtomobil shinalarini ta’mirlash ustaxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga yetib borgan tez yordam xizmati chet el fuqarolariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, zudlik bilan shifoxonaga yetkazgani ta’kidlanmoqda.

Mavzuga oid