O‘zbekiston | 08:08 / 18.04.2024
3035
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda imtiyozli uy-joy olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Yashnobod tumanida imtiyozli uy-joy olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro G.R.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida unga 27 000 AQSh dollari evaziga ehtiyojmand oilalarga ajratiladigan imtiyozli uy-joydan olib berishini va’da qilib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid