Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Samolyotda bo‘lgan 86 yoshli ayol yurak xurujiga uchragan.

Foto: Uzbekistan Airports
Dehli-Chikago yo‘nalishida AI-127 reysini amalga oshirayotgan Air India aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Samolyotda bo‘lgan 86 yoshli ayol yurak xurujiga uchragan. Shundan so‘ng ekipaj eng yaqin muqobil aerodromga borishga qaror qildi.
Soat 06:44 da Air India aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchi va uning hamrohi tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.
Air India aviakompaniyasi samolyoti hozirda Toshkent aeroportidan uchishga hozirlanmoqda.
Mavzuga oid

23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

23:57 / 09.05.2025