Jahon | 09:12 / 13.07.2024
7539
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda maymun chechagi virusi yana faollashmoqda – JSST

2024 yilning 1 mayidan 31 mayiga qadar 26 ta davlatda maymun chechagi virusni yuqtirgan 646 nafar bemor ro‘yxatga olingan.

Foto: AP

Dunyoning ba’zi mamlakatlarida mpox (maymun chechagi) virusi yana faollashmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga asoslanib Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kasallik shu yil 8 maydan 2 iyul sanasiga qadar Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 20 nafar bemorda aniqlangan. Infeksiya oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Bu mintaqada 2022 yildan buyon qayd etilgan ilk holat. O‘shanda besh kishiga maymun chechagi tashxisi qo‘yilgan, biroq o‘lim holatlari qayd etilmagandi.

Umuman, 2024 yilning 1 mayidan 31 mayiga qadar 26 ta davlatda ushbu virusni yuqtirgan 646 nafar bemor ro‘yxatga olingan. Eng ko‘p kasallanish ko‘rsatkichlari Afrika (43,5 foiz), Yevropa (21,8 foiz) hamda Janubiy va Shimoliy Amerika (20,4 foiz) mintaqalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, epidemiyadan Kongo Demokratik Respublikasi aholisi jiddiy aziyat chekkan. Bu yerda may oyida 377 ta yangi holat aniqlangan.  

Mavzuga oid