Jamiyat | 07:17 / 26.08.2024
1724
1 daqiqa o‘qiladi

Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

FVV Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan vaziyat to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.

Kecha, 25 avgust kuni soat 20:48 da  Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, yong‘in soat 21:06 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kvadrat metr maydonda yongan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid