Isroil Putinni Eron ballistik raketalarisiz qoldirdi
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Eronda yo‘q qilingan ishlab chiqarish tarmoqlarini qayta tiklash bo‘yicha o‘z texnologiyalari yo‘q, shu sababdan raketalarni ishlab chiqarish kamida bir yilga to‘xtab qolishi mumkin.
Isroil armiyasi tomonidan 26 oktyabr kuni Eron harbiy obektlariga uyushtirilgan hujum Rossiyani Ukrainadagi urushda foydalanayotgan qurollarsiz qoldirishi mumkin, deb xabar beradi The Moscow Times.
Isroil Harbiy-havo kuchlarining 100 ga yaqin samolyotlari, jumladan, F-35 qiruvchilari ishtirok etgan hujumi natijasida Erondagi asosiy raketa sanoati zavodlari ishg‘ol etilgandi.
Vaziyatdan xabardor manbalarning ta’kidlashicha, Isroil 2024 yilda Rossiya armiyasiga yetkazib berish boshlangan Eron ballistik raketalari uchun yonilg‘i ishlab chiqaruvchi 12 ta obektni ishdan chiqargan. AQSh va YeI ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin masofaga mo‘ljallangan Fath-360 raketalarining ilk partiyasi Rossiyaga sentabrda yetkazib berilgan. Ukraina tomoniga ko‘ra, ularning bir qismi Volgograd oblastida joylashgan posyolkadagi raketa va artilleriya qurollari arsenalining o‘qqa tutilishi natijasida yo‘q qilingan.
Eronda yo‘q qilingan ishlab chiqarish tarmoqlarini qayta tiklash bo‘yicha o‘z texnologiyalari yo‘q, shu sababdan raketalarni ishlab chiqarish kamida bir yilga to‘xtab qolishi mumkin. Bu esa Livandagi «Hizbulloh» guruhi, Yaman xusiylari va Rossiya armiyasi Eron raketalarisiz qolishini anglatadi. «Eron o‘z ishlab chiqarish quvvatini qayta tiklamaguncha, bir necha oy davomida Rossiyaga ballistik raketalarni yetkazib bera olmaydi», — deydi Yaqin Sharq bo‘yicha isroillik ekspert Anshel Pfeffer.
Rossiya Erondan raketalardan tashqari «Shahed» dronlarini ham xarid qilardi, xorijdan sotib olinadigan umumiy xarajatlar, jumladan, Shimoliy Koreya snaryadlari ham hisobga olinganda har chorakda 120-150 milliard rublni tashkil etadi. Bu har chorakda 1 trillion rublni tashkil etadigan Rossiya hukumati mudofaa xaridlarini moliyalashtirishning taxminan 15 foizi demak.
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) 26 oktyabrga o‘tar kechasi Erondagi harbiy obektlarga hujum uyushtirilgani haqida e’lon qildi. NBC News xabariga ko‘ra, Isroil nishonlari orasida Tehrondagi kazarma va qurol ombori bo‘lgan. Fars agentligi, o‘z navbatida, havo zarbalari nishoni Tehron janubi va janubi-g‘arbidagi harbiy bazalar bo‘lganini xabar qildi.
Mavzuga oid
08:28
Isroil mudofaa vazirining iste’fosi: minglab kishilar namoyishga chiqdi
23:30 / 05.11.2024
Binyamin Netanyahu Isroil mudofaa vazirini lavozimdan oldi
16:50 / 05.11.2024
KXDR Yapon dengizi tomon yettita ballistik raketa uchirdi
16:18 / 05.11.2024