Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘inni bartaraf etish uchun voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 7 noyabr kuni soat 12:53 da Xorazm viloyati Urganch tumani “Shermatlar“ MFY Gurlan ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga jalb qilingan yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va soat 13:50 da batamom o‘chirilgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025