O‘zbekiston | 08:55 / 23.11.2024
2156
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi

“Obodlik” MFY Oybek ko‘chasida joylashgan MChJga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘lgan.

Toshkent viloyati FVBga 22 noyabr kuni soat 11:43 da Toshkent tumani, “Obodlik” MFY, Oybek ko‘chasida joylashgan MChJga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi

Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb qilingan. Ekipajlar yong‘in joyiga soat 11:50 da yetib borib, yong‘in soat 13:30 da to‘liq o‘chirilgan. 

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqishi sababini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid