Jamiyat | 11:38 / 17.03.2017
18904
1 daqiqa o‘qiladi

Kirovlik siyosatchi intervyusida kutilmagan hodisa kameraga muhrlandi

Rossiyaning Kirov viloyati jurnalisti Vladislav Krisov o‘zining «Tochka zreniya» (nuqtainazar) ko‘rsatuvi uchun «Grajdanskaya platforma» partiyasi mahalliy bo‘limi kotibi Mixail Shevelyovdan intervyu olgan. Gap gubernator saylovi va «Yedinaya Rossiya» partiyasi nomzodlari xaqida borgan. Biroq, intervyu e'lon qilingach, siyosatchining so‘zlari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Tomoshabinlar, lavhadagi gulga e'tibor qaratishdi. 

Siyosatchi savollarga javob berar ekan, 30 soniyalik lavhada orqa planda turgan gul yontomonga qiyshayib qolgan. 

Krisovning izoh berishicha, gul video intervyu olinishida biroz oldin orqa bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida shu joyga o‘tkazilgan. U esa o‘z og‘irligini ko‘tara olmay egilib qolgan. Intervyuning ayni shu qismi ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketgan. 

Mavzuga oid