O‘zbekiston | 12:24 / 01.11.2018
13595
2 daqiqa o‘qiladi

Onlayn auksionga 200dan ortiq lot 1 so‘mlik boshlang‘ich narxda qo‘yildi

Foto: 123RF

Prezidentning 2018 yil 11 oktabrdagi PF-5552-sonli “Davlat mulki obektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'yektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan davlat mulki obektlari 1 so‘m boshlang‘ich qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan “E-ijro auksion” elektron savdo tashkilotining savdo maydonchalari auksion savdolariga chiqarila boshladi.

Bugungi kunga qadar 215 ta davlat mulki obektlari ushbu savdoga chiqarilgan bo‘lib, obektlarni savdoga chiqarilganiga ko‘p vaqt bo‘lmasa-da dastlabki savdolarda 19 ta obektlar o‘z egalariga sotildi.

Obektlarni boshlang‘ich narx 1 so‘m qiymatda auksion savdolari orqali investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarish sharti bilan sotib olib, tadbirkorlik faoliyatini qisqa muddatda yo‘lga qo‘yish imkoniyati bor.

Bugungi kunda Toshkent shahridan tashqari barcha hududlarda joylashgan bo‘sh turgan davlat mulki obektlari ushbu “E-ijro auksion” elektron savdo tashkilotining savdo maydonchalari auksion savdolariga chiqarilgan.

Auktsion to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlarni internetdagi e-auksion.uz
saytidan olish mumkin.

Buning uchun:
 
1. e-auksion.uz saytining “LOTLAR” bo‘limidagi “XABARNOMALAR” yozuvini tanlaymiz;
2. “Mol-mulk toifasi” ustunidan “Yer uchastkasi va bo‘sh binolar”ni va “Mol-mulk turi” ustunidan “Bo‘sh binolar (PP-3939)” yozuvini tanlab o‘ng tomondagi qidiruv tugmasini bosamiz.
3. “Viloyatlar nomi” ustunidan tegishli xududni tanlab, istalgan obekt haqida batafsil ma'lumot ko‘rish mumkin.

Tanlagan hududdagi 1 so‘m qiymatda boshlang‘ich narxda auksion savdosida sotiladigan obektlar bo‘yicha barcha ma'lumotlar paydo bo‘ladi.

Mavzuga oid