Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazirama issiq tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi
Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ jazirama issiq tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi.
«Respublikamiz hududida keskin anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda… Natijada yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Shu bois poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin», deyiladi xabarda.
Shuningdek, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Cheklovlar qachongacha amal qilishi xabarda keltirilmagan.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025