Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
FVV Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan vaziyat to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.
Kecha, 25 avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, yong‘in soat 21:06 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kvadrat metr maydonda yongan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025