O‘zbekiston | 15:14 / 06.02.2022
23470
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 nafar yigit 20 yoshli qizni olib qochdi

Foto: IIV Axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqda Beruniy tumanida qiz bolani zo‘rlik bilan olib qochayotganlar tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat joriy yilning 4 fevral kuni Beruniy tumanida sodir bo‘lgan. Tumanda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro A.X. o‘zining 2 nafar tanishlari bilan birgalikda 2002 yilda tug‘ilgan (qiz bola) B.O.ning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun zo‘rlik ishlatib, olib qochgan.

Olib qochilgan 20 yoshli qiz 4 fevral kuni soat 21:00 larda Beruniy tumani IIB boshlig‘i nomiga yuqoridagi holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid