Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigini shikastladi
17 noyabr kuni Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida Howo yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganda uning bir qismini shikastladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangunicha ko‘prik bir muddatga yopildi.
Jizzax viloyatida yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigini shikastladi. Bu haqda 23 noyabr kuni «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ xabar berdi.
Qayd qilinishicha, HOWO markali yuk mashinasi «Jizzax–Sayxun» temiryo‘l uchastkasining Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida joylashgan temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganida borti bilan uning bir qismini shikastlagan.
Shundan so‘ng, xavfsizlik va tiklash ishlari uchun temiryo‘l ko‘prigi «bir muddat yopilgan». Mutaxassislar shikastlangan ko‘prikni tiklagan.
Hozirgi vaqtda barcha tiklash ishlari yakunlanib, poyezdlar harakati tiklangani ta’kidlanmoqda.
Xabarda bu voqea qachon ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan, ammo bu holat tasvirlari kamida bir hafta oldin tarqalgandi.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
12:35 / 25.04.2025