Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Kuzatilayotgan sovuq havo tufayli Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarga mashinada chiqmaslik so‘ralmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sovuq havo harorati sababli Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.
“Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz”, deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid
20:54 / 19.11.2024
Ispaniya har yili 300 ming migrantni qonuniylashtirish niyatida
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
18:08 / 18.11.2024
Rossiya Davlat Dumasi hukumatdan migratsiya parametrlarini belgilashni so‘radi
17:29 / 18.11.2024