Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda YeTTBning yangi mintaqaviy vakolatxonasi ochiladi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink 7-9 iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida YeTTB delegatsiyasi bosh vazir o‘rinbosarlari – Sardor Umrzoqov va Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Tashrif davomida O‘zbekistonning g‘arbiy qismi bo‘lgan Urganch shahrida YeTTBning yangi mintaqaviy vakolatxonasi ochiladi.
Shuningdek, ikki tomonlama infratuzilma va moliya sektorini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar imzolanishi va bir qancha tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
Xususan, tashkilot atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va 2050 yilga qadar O‘zbekistonning uglerod neytralligini ta'minlashga doir loyihalarni amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, YeTTB 2020 yilda COVID-19 bilan bog‘liq og‘ir vaziyatda milliy iqtisodiyotning turli sohalarida umumiy qiymati 521 million dollarga teng bo‘lgan 18ta loyihani amalga oshirgan. YeTTB mablag‘lari mamlakat bank sektori va xususiy kichik firmalarning moliyalashtirish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, asosiy infratuzilmani yangilash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga sarflangan.
Bugungi kunga qadar tashkilot O‘zbekiston iqtisodiyotiga 97ta loyihani amalga oshirish orqali 2,4 milliard yevrodan ortiq mablag‘ kiritgan.
Mavzuga oid
20:19 / 17.01.2025
2024 yilda YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritdi
09:33 / 26.12.2024
YeTTB Xorazmda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
12:53 / 27.11.2024